Rossiya Estoniyadan yo‘lga otlangan neft tankerini qo‘lga oldi

Rossiya Estoniyadan yo‘lga otlangan neft tankerini qo‘lga oldi, deb xabar berdi «Blumberg» telegram-kanali.
Liberiya bayrog‘i ostidagi, grek kompaniyasiga tegishli kema Rotterdam (Niderlandiya) tomon ketayotgandi. Tanker hozir Gogland oroli sohilida ushlab turilibdi.
Hodisadan uch kun oldin Estoniya va NATO Jaguar tankeri (Gabon bayrog‘i ostida, Rossiya ekipaji)ni neytral suvlarda to‘xtatishga uringandi. Urinish Rossiyaning Su-35S samolyoti aralashuvidan so‘ng yo‘qqa chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter