Rossiya hokkey termasi o‘z tarixida birinchi bor Olimpiada chempioni bo‘ldi

Rossiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs qiziqarli va murocasiz o‘tdi.
Uchrashuv 4:3 hisobida ruslar foydasiga hal bo‘ldi. Asosiy taymlar — 3:3 hisobidagi durang bilan tugadi va g‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlandi.
Rossiya termasi tarkibida Vyacheslav Voynov (20), Nikita Gusev (54 va 60) Kirill Kaprizov (70) gol kiritishmu muvaffaq bo‘ldi. Nemislar safida esa Feliks Shyuts (30), Dominik Kagun (54) va Yonas Myuller (57) gol kiritishga erishdi.
Shu tariqa kumush medallarga Germaniya terma jamoasi, bronzaga esa chexlar ustidan g‘alaba qozongan kanadalik hokkeychilar sazovor bo‘ldi.
Pxyonchxan-2018. Xokkey, final
Rossiya - Germaniya - 4:3
Gollar: 1:0 Voynov (19:59), 1:1 – Shyuts (29:32), 2:1 – Gusev (53:21), 2:2 – Myuller (53:31), 2:3 – Kagun (56:44), 3:3 Gusev (59:04), 4:3 – Kaprizov (69:40)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter