Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hududiga javob zarbasi oqibatida jabrlanganlar soni oshdi

Rossiya hududiga javob zarbasi oqibatida jabrlanganlar soni oshdi

Rossiya va Ukraina urushi natijasida tinch aholi orasida qurbonlar soni ortmoqda.

15 fevral kuni Rossiyaning Ukraina hududi bo‘ylab keng ko‘lamli raketa zarbalaridan keyin Rossiyaning Ukraina bilan chegaradagi Belgorod shahri o‘qqa tutildi. Dastlab, besh kishi, jumladan, bir nafar bola halok bo‘lgani xabar qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 19 kishiga yetgani xabar qilindi.

Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning qayd etishicha, to‘rt kishi Moskvaga jo‘natilgan, u yerda ularga maksimal tibbiy yordam ko‘rsatiladi. O‘n kishi Belgorod kasalxonalarida, qolganlariga ambulator yordam ko‘rsatilgan va uylariga jo‘natilgan.

Belgorod o‘qqa tutilishidan oldin Rossiya Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgandi. 15 fevral kuni ertalab Xarkov, Lvov va Zaporoje viloyatlarida portlashlar yuz bergan. Ukraina Harbiy havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, jami 26 ta raketa uchirilgan, ulardan 13 tasi urib tushirilgan. Xarkovda uch kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring