Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Jurnalistlari uyushmasi raisi O‘zbekistondagi hamkasbini qutladi

Rossiya Jurnalistlari uyushmasi raisi O‘zbekistondagi hamkasbini qutladi

Foto: «Phonoteka.org»

Olimjon O‘sarov Jurnalistlar uyushmasi raisi etib saylangani to‘g‘risida xabar bergandik.

Rossiya Jurnalistlar uyushmasi raisi Vladimir Solovev O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarovga tabrik yo‘lladi.

«Rossiya Jurnalistlar uyushmasi Sizni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi lavozimiga saylanganingiz bilan tabriklaydi.

Mamlakatlarimizni uzoq yillik do‘stlik va hamkorlik rishtalari bog‘lab turibdi. 2018-yili uyushmamizning 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar doirasida RJU va O‘zJIU o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan edi.

RJU hamisha O‘zJIU bilan muloqotga tayyor. Janob O‘sarovga salomatlik, baxt-saodat va barcha ishlarida muvaffaqiyatlar, shuningdek, ahil jamoasi va maslakdoshlari doim yor bo‘lishini tilaymiz», — deyiladi tabrikda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring