Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya mehnat muhojirlari uchun yana bir taqiq joriy qilmoqchi

Rossiya mehnat muhojirlari uchun yana bir taqiq joriy qilmoqchi

LDPR fraksiyasidagi Davlat dumasi deputatlari guruhi parlament quyi palatasiga Rossiya fuqaroligi bo‘lmagan mehnat muhojirlariga o‘z oilalarini mamlakatga olib kirish huquqini taqiqlovchi qonun loyihasini kiritadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Loyiha mualliflarining qayd etishicha, agar qonun qabul qilinsa, muhojirlar uchun mehnat shartnomasi yoki patentning mavjudligi uning oilasini mamlakatga ko‘chirish uchun asos bo‘lmay qoladi.

Iyul oyi o‘rtalarida Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin muhojirlar ustidan nazorat kuchaytirilishini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, migratsiya nazoratini tartibga solish, chet el fuqarolarining huquqiy maqomini belgilash, shuningdek, fuqarolikka qabul qilish bilan bog‘liq masalalarga qaratilgan 25 ta qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring