Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO – Rossiya uchrashuvi sanasi e’lon qilindi

NATO – Rossiya uchrashuvi sanasi e’lon qilindi

Foto: NATO.INT

NATO – Rossiya uchrashuvi 2022-yilning 12-yanvariga belgilangan. Bundan ikki kun avval Moskva va Vashington o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi, bosh mavzu: qurollanishlar nazorati va Ukrainadagi vaziyat.

Bu haqda bugun, 28-dekabr kuni «Reuters» agentligi Oq uy vakiliga asoslanib xabar berdi.

Bungacha Rossiya TIV o‘rinbosari Aleksandr Grushko NATO – Rossiya uchrashuvida RFning xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi takliflari muhokama qilinishi haqida ma’lum qilgandi. AFP xabar berishicha, 13-yanvar sanasida Rossiya va YXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) vakillari muzokaralar stoli atrofida jam bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring