Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jim Kerri Rossiyaning qora ro‘yxatiga kiritildi

Jim Kerri Rossiyaning qora ro‘yxatiga kiritildi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Kanadaning 100 nafar fuqarosiga shaxsiy sanksiyalar qo‘llanganini e’lon qildi. Ular orasida taniqli aktyor Jim Kerri ham bor.

«Niqob», «Eys Ventura» kabi ko‘plab komediyalardagi rollari bilan mashhur Jim Kerri 2004-yilda ikkinchi — Kanada fuqaroligini olgandi. Rossiya TIV aktyorga nisbatan qo‘llangan cheklovni Rossiyaga qarshi (Kanada tomonidan) sanksiyalar qo‘llash davom etayotgani bilan izohladi.

Kerridan tashqari, qora ro‘yxatga kanadalik yuqori lavozimli kishilar, tadbirkorlar, faollar, media va moliya sohasidagi ayrim shaxslar ham kiritilgan. Ularning barchasiga Rossiyaga kirish taqiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring