Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya o‘rta va qisqa masofali raketalar bo‘yicha moratoriydan chiqdi

Rossiya o‘rta va qisqa masofali raketalar bo‘yicha moratoriydan chiqdi

Illyustrativ foto

Rossiya o‘rta va qisqa masofali raketalar (O‘QMR)ga moratoriydan chiqdi. Bu haqda Rossiya TIV bayonot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2019-yilda AQSh O‘QMR to‘g‘risidagi shartnomadan bir tomonlama chiqqanidan so‘ng, Rossiya o‘z ixtiyori bilan o‘rta va qisqa masofali yer usti raketalarini joylashtirishni cheklab, NATO va Vashingtonning osiyolik ittifoqchilarini ham shunday qilishga chaqirgan, biroq taklif javobsiz qolgan.

«Bu boradagi bir necha bor ogohlantirishlarimiz e’tiborsiz qoldirilgani va vaziyat Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Amerikada ishlab chiqarilgan quruqlikdagi qurollarni amalda joylashtirish yo‘lida rivojlanayotgani sababli, Rossiya tashqi ishlar vazirligi shunga o‘xshash qurollarni joylashtirishga bir tomonlama moratoriyni saqlab qolish uchun shart-sharoitlar yo‘qolganini ta’kidlaydi», — deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring