Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya ortidan Ukrainada ham bosh vazir iste’foga chiqmoqda — sababi mana shu audioda

Rossiya ortidan Ukrainada ham bosh vazir iste’foga chiqmoqda — sababi mana shu audioda

Foto: «Rakurs»

«Kp.ru» Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharuk iste’foga chiqqani haqida xabar bermoqda.

Ukraina tarixidagi eng yosh bosh vazir o‘z lavozimidan ketishga ariza berdi. Goncharuk 2019-yildan beri hukumatni boshqarayotgandi.

E’tiborli jihati, bir qancha muddat oldin internernetda ukrain bosh vaziri Vladimir Zelenskiy (prezident)ni «iqtisodiyotni tushunmaslikda» tanqid qilgan va grivnani qanday mustahkamlash to‘g‘risida tushuncha bergan audio tarqab ketgandi.

Ushbu rolik «Kak obmanut prezidenta» («Prezidentni qanday aldasa bo‘ladi») yutub-kanalida 16-yanvar kuni paydo bo‘ldi. Keyin esa Goncharuk feysbukda quyidagilarni yozdi:

«Men prezident dasturini bajarish uchun lavozimga kelganman. U men uchun ochiqlik va vijdonlilik namunasidir. Biroq bizning prezidentga hurmat va ishonchimiz borasidagi barcha gumonlarni olib tashlash uchun, men prezidentga parlamentga topshirish huquqi bilan iste’foga chiqishim haqida ariza yozdim».

Ma’lumot uchun: Aleksey Goncharuk 1984-yil 7-iyulda tug‘ilgan (35 yoshda). 2019-yili, 34 yoshida Ukraina tarixidagi eng yosh bosh vazirga aylangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring