Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya qishloqlarida tug‘ilish keskin pasaygani qayd etildi

Rossiya qishloqlarida tug‘ilish keskin pasaygani qayd etildi

Rossiya Federatsiyasi qishloqlarida tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 10 yil ichida yoshlarning shaharga ketishi tufayli uchdan biriga kamaydi. Bu haqda Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o‘rinbosari Olga Batalina ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada qishloq doimo aholi o‘sishining asosi bo‘lgan, ammo 2012 yildan boshlab vaziyat yomonlasha boshlagan.

«10 yil ichida qishloq joylarda tug‘ilishning umumiy darajasi uchdan birga kamaydi», dedi Batalina «Kichik shaharlar va tarixiy aholi punktlarini rivojlantirish» forumida.

Salbiy tendensiyaga qaramay, qishloqda tug‘ilish darajasi (1,57) Rossiya 2030 yilga qadar yetishi kerak bo‘lgan darajada, deydi Mehnat vaziri o‘rinbosari. U ushbu ko‘rsatkichning yanada qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Statistikaning yomonlashuviga yoshlarning shaharlarga ketishi va qishloq infratuzilmasining qisqarishi sabab bo‘lmoqda, dedi Batalina.

Eslatib o‘tamiz so‘nggi yillarda Rossiyada aholining kamayishi tezlashmoqda. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aholisi 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 146 million 203 ming 613 kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 244 ming kishiga kamroq. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring