Rossiya qurol-aslaha ishlab chiqarishda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Rossiya qurol-aslaha ishlab chiqarishda jahonda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Stokgolm tinchlik muammolari tadqiqotlari instituti ma’lum qildi.
Tadqiqotda jahondagi eng yirik 100 ta qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniya ma’lumotlari o‘rganildi.
Bu reytingda tanho yetakchi — AQSh. Bu mamlakat kompaniyalari jahondagi qurol-aslahalarning 57 foizini ishlab chiqarmoqda.
2002-yildan beri Buyuk Britaniya ikkinchi o‘rinda kelayotgan edi, bu yil esa Rossiya ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi — 9,5 foiz.
Reytingda AQSh va G‘arbiy Yevropa kompaniyalari yetakchi — TOP-100 da ularning soni 60 dan oshadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter