Rossiya samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi
Rossiyaning «Azur Air» aviakompaniyasining Pxuket — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda kelib qo‘ndi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da Toshkent aeroportiga keldi.
Yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil ayerodromga o‘tishga qaror qilgan.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Toshkent vaqti bilan soat 21:04da samolyot Rossiya poytaxtiga jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter