Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya — sanksiyalar chempioni (infografika)

Rossiya — sanksiyalar chempioni (infografika)

Infografika: Statista

Rossiya Ukrainada urush boshlaganidan buyon (2022-yil 24-fevral), qariyb bir yil davomida (2023-yil 19-fevralga qadar), 11 327 ta sanksiyali bo‘ldi. Castellum.AI ma’lumotlari asosida Statista tayyorlagan infografikada bu aksini topgan.

Urushgacha Rossiyaga qarshi sanksiyalar soni 2 754 ta edi. Ayni paytda jami 14 081 ta sanksiya bilan Rossiya jahonda yakka peshqadam. Bu raqam yanada kattalashadi, chunki 24-fevraldan — urushning bir yilligi munosabati bilan, Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketlari joriy etilishi boshlab yuborilgan.

Eng ko‘p sanksiyaga tushgan davlatlar beshligida Eron (4 191), Suriya (2 643), Shimoliy Koreya (2 133) va Belarus (1 155) ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring