Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, uning samolyoti Samarqand aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Sergey Lavrov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashadi. Tomonlar barcha sohalarda ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirish, xalqaro muammolar, mintaqaviy xavfsizlik masalalari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Markaziy Osiyo – Rossiya formatlarida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter