Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya TIV O‘zbekiston elchisini vazirlikka chaqirdi

Rossiya TIV O‘zbekiston elchisini vazirlikka chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston elchisini chaqirib, unga norozilik bildirdi.

Bunga Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘janing bayonoti sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. 

Sherzodxon Qudratxo‘ja bloger Kirill Altmanga bergan intervyusida o‘zi yashaydigan mamlakat tilini bilmaydiganlarni «bosqinchilar yoki ahmoqlar» deb atagandi - u bu ta’rifni Karl Marksdan iqtibos sifatida keltirgan.

Qudratxo‘ja o‘z so‘zlariga misol sifatida, jumladan, 1966-yilgi zilziladan keyin Toshkentni qayta tiklash uchun kelgan odamlarga qaratdi. Ta’kidlash kerakki, tanqid qilingan qatlam O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari sanaladi. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Qudratxo‘jayevning bayonotlari «o‘ta haqoratomuz va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan shaklda» qilinganini aytdi.

Qayd etish joizki, Rossiya TIV O‘zbekiston haqida noxush gaplarni gapirgan Zaxar Prilepining bayonotini uning shaxsiy fikri deya izoh bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring