Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

Joriy yil 22-23 aprel kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri S.Lavrov O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda mamlakat TIV rasmiysi M.Zaxarova ma’lum qildi.
Lavrov Toshkentga tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqoti, shuningdek, O‘zbekiston TIV rahbari B.Saidov bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Zaxarovaning ta’kidlashicha, asosiy e’tibor Rossiya prezidentining 2024 yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishni faollashtirish orqali Rossiya-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalariga qaratilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter