Rossiya Ukrainaning Krivoy Rog shahriga hujum qildi. Qurbonlar bor (foto)

Kecha, 12 iyun kuni kechasi Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha shaharlariga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya armiyasi Kiyev, Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarini o‘qqa tutgan. Raketa zarbasi natijasida Krivoy Rog shahridagi besh qavatli bino qisman vayron bo‘lgan. Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi yaralangan.
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya jami 14 ta qanotli raketa uchirganini, ulardan 11 tasi urib tushirilganini da’vo qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter