Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi tugadi

Rossiya va Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi tugadi

Foto: RT

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi nihoyasiga yetdi.

Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Pogrebnyak o‘rtaga tashlangan barcha masalalar bo‘yicha muzokaralar yaqin kunlarda (7-martdan so‘ng) yana davom ettirilishi mumkinligini ta’kidladi.

U hozircha Ukraina muzokaralarda ko‘zlagan maqsadiga erishmaganini aytdi, muhokamalarning uchinchi raundi yana Belarusda bo‘lib o‘tishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi raund muzokaralaridan so‘ng Rossiya va Ukraina insonparvarlik yo‘laklarini ochishga kelishib olgandi. Undan asosan Rossiya harbiylarni kiritgan hududlardan Ukrainaning tinch aholisini ko‘chirishda foydalaniladi.

Qolaversa, tomonlar bugungi muzokaralarda tinch aholi va insonparvarlik yordamlari o‘tuvchi yo‘nalishlarda o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatib turish imkoniyatlarini ham muhokama qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring