Rossiyada 3 kunda 3 o‘zbek vafot etdi
![Rossiyada 3 kunda 3 o‘zbek vafot etdi](http://static.xabar.uz/crop/1/9/720_460_95_1939158758.jpg)
20-sentyabr kuni sog‘ligi keskin yomonlashgani sababli O‘zbekiston fuqarosi S.R. vafot etgan. Shuningdek, turli baxtsiz hodisalar natijasida 21-sentyabr kuni ayol hamyurtimiz G.N., 22-sentyabr yurtdoshimiz kuni X.N. vafot etgan.
Bu haqda O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga asoslanib, Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, jasadlarni vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter