Rossiyada 64 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Uraldagi «Sosnoviy bor» yoshlar oromgohida yozgi ta’tilni o‘tkazayotgan 64 nafar bola shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda hudud prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
64 nafar boladan 33 nafari Kushva shifoxonasiga, 31 nafari esa Nijniy Tagil shifoxonasiga yuborilgan.
Avvalroq 53 kishi zaharlangani haqida xabar berilgan edi.
Voqea joyida tibbiyot xodimlari ish olib borayapti.
Barcha bolalar 7–12 yosh oralig‘ida. Bolalar qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qayt qilishdan shikoyat qilishgan.
Jabrlanganlarning ahvoli yaxshi.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra bolalar orasida 18 yoshli ikki tarbiyachi ham bor.
Mutaxassislar voqeaga oydinlik kiritish maqsadida oromgohda yoshlarga beriladigan taomlardan namunalar olib, laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter