Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi

Rossiyada halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi

Kuni kecha Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi.

YTH natijasida sakkiz kishi halok bo‘lgan, ulardan yetti nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan. Shuningdek, 3 nafar fuqaromiz turli xil tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

Hodisada halok bo‘lgan va jabrlanganlar shaxsi aniqlandi.

YTHda vafot etganlar: Buxoro viloyati, Romitan tumanida yashagan 32 yoshli A.A., Qaraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida yashagan 41 yoshli A.I. va 38 yoshli A.X., Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashagan 31 yoshli N.Z., Samarqand viloyati, Narpay tumanida yashagan 43 yoshli N.Z., Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashagan 46 yoshli M.H (ayol), Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashagan 51 yoshli T.S.

YTHda jabrlanganlar: Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidan 19 yoshli A.A., Andijon viloyati, Andijon tumanidan 33 yoshli U.M. (ayol), Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanidan 57 yoshli U.U.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga muvofiq, tez orada halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘z vataniga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring