Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada klub qo‘riqchisini yoqib yuborishga uringan ikki o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

Rossiyada klub qo‘riqchisini yoqib yuborishga uringan ikki o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

Boshqirdiston poytaxti Kirovskiy tuman sudi Meet Point tungi klubi qo‘riqchisini yoqib yuborishga uringan ikki O‘zbekiston fuqarosiga hukm chiqardi.

Sud sudlanuvchilarni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xavfli usulda odam o‘ldirishga suiqasd qilish (RF Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi)da aybdor deb topdi.

Ish materiallariga ko‘ra, 2023-yil sentyabr oyida Meet Point tungi klubiga ikki nafar chet el fuqarosi mast holda kelib, ularni ichkariga kiritishni istamagan qo‘riqchi bilan janjallashib qolgan. Ichkariga kiritilmagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qasd olish uchun xavfsizlik xodimini yoqib yubormoqchi bo‘lishgan.

Ular yaqin atrofdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidan to‘rt litr benzin sotib olib, klubga qaytib kelgan va qo‘riqchiga benzin sepib, uni yoqib yuborishga uringan. Klub xodimlari va mehmonlar o‘z vaqtida xavfsiz masofaga chekinishgan va yong‘indan jabrlanmagan.

Aybdorlar jinoyat joyidan qochib ketishgan. Ko‘p o‘tmay, politsiya ularni Ufa aeroportida Moskvaga uchib ketishlari oldidan qo‘lga olishgan.

Sud hukmiga ko‘ra, I.X. 10 yilga, A.Yu. esa 11 yilga qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘taydigan bo‘ldi. Shuningdek, ularga ma’naviy zararni qoplash uchun 200 ming rubl jarima ham belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring