Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘lim darajasi Ikkinchi Jahon urushidan beri rekord darajaga yetdi

Rossiyada o‘lim darajasi Ikkinchi Jahon urushidan beri rekord darajaga yetdi

Foto: «Nevnov.ru»

O‘tgan yilning dekabridan joriy yilning noyabrigacha Rossiyada 2,41 million kishi halok bo‘ldi, bu 1945-yildan beri rekord ko‘rsatkichdir.

Ushbu ko‘rsatkichning asosiy sabablaridan biri koronavirus bo‘ldi. Shunday qilib, 2020-yilning oktyabridan 2021-yilning sentyabrigacha bo‘lgan davrda Rossiyada koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan 406 000 kishi vafot etdi.

Aholining qarishi mamlakatda o‘lim ko‘payishining yana bir sababi bo‘ldi. 2020-yilda 60 yoshdan oshgan odamlar orasida yoshga bog‘liq o‘lim 20 foizga oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring