Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada olingan «prava»ni O‘zbekistonnikiga almashtirsa bo‘ladimi?

Rossiyada olingan «prava»ni O‘zbekistonnikiga almashtirsa bo‘ladimi?

— Assalomu alaykum, o‘g‘lim Rossiyada o‘qib, «prava» olgan. Rossiyada o‘qib olgan «prava»sini O‘zbekistonning haydovchilik guvohnomasiga almashtirsa bo‘ladimi? Shu haqda ma’lumot bersangiz.

Ushbu savolga yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Akbarshoh Teshaboyev quyidagicha javob berdi:

— Hukumatning 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qarorining 2-ilovasi 76-bandi qoidalariga ko‘ra:

Birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi.

Ikkinchidan, tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomasi tasdiqlansa, ular:

  • tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi;
  • nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishadi.

Uchinchidan, natijalar yaxshi chiqsa, o‘g‘lingizning «prava»si O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.

To‘rtinchidan, o‘g‘lingizni xorijiy davlat (masalan, Rossiya)dan olingan haydovchilik guvohnomalari YHXBB tomonidan Tashqi ishlar vazirligi orqali haydovchilik guvohnomasini bergan xorijiy davlat tashkilotiga (yuridik shaxsga) yuboriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring