Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada paradda qatnashayotgan mashina odamlar ustiga haydaldi (video)

Rossiyada paradda qatnashayotgan mashina odamlar ustiga haydaldi (video)

Foto: Videodan skrinshot

Rossiyada 9-may bayramida paradda qatnashayotgan mashina odamlar ustiga haydaldi.

Baxtsiz hodisa Rossiyaning Irkutsk shahrida ro‘y bergani aytilmoqda. Mashina odamlar ustiga yurgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan.

Videoda tasvirlanishicha, paradda qatnashadigan avtomobillar qatorida tizilib turgan mashina avval orqaga yurib, ortda turgan avtomobilni turtib to‘xtagan, so‘ngra keskin oldinga qo‘zg‘alib, bir necha odamni bosib o‘tib to‘xtagan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring