Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada nikohlar soni keskin kamayib bormoqda

Rossiyada nikohlar soni keskin kamayib bormoqda

Foto:«Gazeta Kemerovo»

2018-yilda Rossiyada tuzilgan nikohlar soni 2013-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 21 foizga kamaygan va 967 mingtani tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat adliya vazirligiga asoslanib, «Russia Today» xabar berdi.

2017-yilda 1 million 49 mingta, 2013-yilda 1 million 200 mingdan ziyod nikoh qayd etilgan. Ajrashishlar soni esa besh yil ichida 696 mingdan 613 minggacha kamaygan.

Rossiyaning demografiya, migratsiya va mintaqaviy taraqqiyot instituti nikohlar kamayganini 1990-yillardagi demografik inqiroz bilan bog‘lamoqda. Chunki hozir asosan shu yillarda tug‘ilganlar oila qurmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring