Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada yangilangan Konstitutsiya bugundan kuchga kirdi

Rossiyada yangilangan Konstitutsiya bugundan kuchga kirdi

Foto: «B-port»

Rossiyada umumxalq ovoziga qo‘yilgan va yangilangan Konstitutsiya bugun, 4-iyuldan kuchga kirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Prezident Vladimir Putinning tegishli farmoni e’lon qilindi.

Davlat dumasi qonunchilik bazasiga o‘zgartirish kiritish ustida ish boshladi. Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi raisi Pavel Krasheninnikovning aytishicha, Asosiy qonunni amalga oshirish uchun yana 80-90 ta qonun qabul qilinadi.

Rossiyada Konstiututsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum 25-iyundan 1-iyulgacha bo‘lib o‘tgandi. Saylovda qatanashganlarning 77,92 foizi uni yoqlab ovoz berishgan. Asosiy qonun o‘zgartirilishiga birgina hudud — Nenets muxtor okrugi qarshi ovoz bergan (plebissitga qarshi 55,25 foiz ovoz).

Referendumdan so‘ng xalqiga minnatdorlik so‘zida Vladimir Putin zamonaviy Rossiya shakllanish jarayonida ekanini, hali ko‘p ishlar qilish kerakligini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring