Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi maktablarda qariyb 70 bola zaharlandi

Rossiyadagi maktablarda qariyb 70 bola zaharlandi

Foto: «Babr24.com»

Krasnoyarsk viloyati Ropotrebnadzor ma’muriyati psevdotuberkulyozning dastlabki tashxisi bilan 70 dan ortiq iyersinioz infeksiyasini qayd etgan. Departament matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, zaharlanganlar Krasnoyarskning Sovetskiy va Oktyabrskiy tumanlaridagi maktablarda 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

«Iyersinioz infeksiyasini iste’molga yaroqsiz sabzavotlar keltirib chiqaradi», — deyiladi vazirlik bayonotida. Maktablarda dastlabki dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar natijasida muassasada ovqat tayyorlash bilan bog‘liq muammolar borligi tasdiqlangan va oshxona ishlashiga vaqtinchalik taqiq qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring