Rossiyadan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba olib kelindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahridan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali yurtimizga olib kelindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga ko‘ra tekshiruvdan o‘tdi. Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilindi.
Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olayotgan bu talabalar sog‘lig‘ini saqlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda karantinga olinadi. So‘ngra oilasi bag‘riga qaytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter