Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik siyosatchidan yangi tashabbus: «Bir sinfga — bir migrant»

Rossiyalik siyosatchidan yangi tashabbus: «Bir sinfga — bir migrant»

Rossiyaning «Novie lyudi» partiyasi yetakchisi Aleksey Nechayev «Bir sinfga bir migrant» tashabbusi bilan chiqdi.

Nechayevga ko‘ra, sinfda migrant-bolalar sonini bir nafargacha qisqartirish mamlakatda ta’lim sifatini oshirarmish.

Ayrim sinflar 20-30 foiz migrantlardan iborat, bu moslashish jarayonini qiyinlashtirib, ham rossiyalik, ham chet ellik bolalarning ta’lim olish samaradorligini pasaytirmoqda, dedi u.

Migrant-bolalarning sinflarda teng taqsimlanishi sinfdoshlar o‘rtasidagi til to‘sig‘ini deyarli yo‘qotib, o‘qituvchilar ancha yukdan xalos bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi «Yangi odamlar» yetakchisi.

Yakkalangan bolaning taqdiri nima bo‘lishi haqida siyosatchi lom-mim demagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring