Rossiyaning Kemerovo shahridagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 23-dekabr kuni tunda Rossiyaning Kemerovo shahridagi xususiy qariyalar uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, ikki kishi og‘ir yaralangan, ularning ahvoli og‘ir. Jami olti nafar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatildi, deya xabar beradi viloyat tibbiyot markazi.
Tergov qo‘mitasi «Ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lish» moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Prokuratura tergovni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter