JCh-2018. A guruhi. Rossiyaning yirik mag‘lubiyati, Saudiyaning metin irodasi
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-turiga start berildi va A guruhida o‘z yakuniga yetib ham ulgurdi. Shu paytgacha arab jamoalarini osongina yutib kelayotgan rossiyaliklar bu turda Urugvayga qarshi maydonga tushdi.
Ko‘pchilik Rossiyaning oldingi turlardagi kuchiga ishonib, teng kurashlar ostidagi futbolni ko‘rmoqchi bo‘lgandir. Ammo Rossiya terma jamoasi ushbu mundialda ilk marta jiddiy raqibga to‘qnash keldi. Ugurvay esa 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan peshqadam sifatida guruh bosqichini tugatdi.
JCh-2018, A guruhi, 3-tur
Urugvay – Rossiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Suares, 2:0 – 23, avtogol Cherishev, 3:0 – 90 Kavani.
Urugvay: Muslera, Kaseres, Koates, Godin, Vesino, Nandes (Rodriges, 73), Torreyra, Laksalt, Bentankur (de Arraskaeta, 63), Kavani (Maksi Gomes, 90), Suares.
Rossiya: Akinfeyev, Kutepov, Kudryashov, Smolnikov, Ignashevich, Zobnin, Gazinskiy (Kuzyayev, 46), Miranchuk (Smolov, 60), Samedov, Cherishev (Fernandes, 38), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Gazinskiy (9), Smolnikov (28), Bentankur (59).
Chetlatish: Smolnikov (36).
Shuningdek, ikkinchi uchrashuvda ikki arab jamoasi o‘zaro kuch sinashdi. Deyarli teng kurashlar ostida kechgan o‘yinda saudiyaliklar so‘nggi soniyalarda g‘alabani ilib ketdi va guruhni 3 ochko bilan 3-o‘rinda yakunladi.
Aytish kerakki, Muhammad Saloh mazkur chempionatdagi o‘zining ikkinchi golini chiroyli tarzda urdi. Bundan tashqari, Misr terma jamoasining 45 yoshli darvozaboni Al-Xadori mundiallardagi eng yoshi katta futbolchi sifatida tarixda qoldi.
Shu bilan A guruhida Urugvay va Rossiya nimchorak finalga yo‘l oldi. Ularni bugun kechqurun yakuniga yetadigan o‘yinlar orqali aniqlanadigan raqiblar kutib turibdi. Misr va Saudiya Arabistoni esa uylariga qaytib ketadi.
JCh-2018, A guruhi, 3-tur
Saudiya Arabistoni – Misr 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 22 Saloh, 1:1 – 45, penalti Al-Faraj, 2:1 – 90 Ad-Dosari.
Saudiya Arabistoni: Al-Musaylim, Al-Breyk, Xausaui, Xausaui, Ash-Shahroni, Otayf, Baxabri (Asseri, 65), Al-Mogaui, Al-Faraj, Ad-Dosari, Al-Muvallad (Ash-Shahri, 79).
Misr: Al-Xadori, Fatxi, Gabr, Xegazi, Abdul-Shafi, Al-Ninni, Xamad, As-Said (Varda, 45), Saloh, Trezege (Qahrabo, 81), Muhsin (Subhi, 64).
Ogohlantirishlar: Gabr (45), Fatxi (86).
Guruhdagi vaziyat
N |
JAMOA |
O‘ |
Yu |
D |
M |
T-N |
O |
1 |
URUGVAY |
3 |
3 |
0 |
0 |
5-0 |
9 |
2 |
ROSSIYA |
3 |
2 |
0 |
1 |
8-4 |
6 |
3 |
S.ARABISTONI |
3 |
1 |
0 |
2 |
2-7 |
3 |
4 |
MISR |
3 |
0 |
0 |
3 |
2-6 |
0 |
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter