Rus aktrisasi Anastasiya Zavorotnyuk 53 yoshida vafot etdi
Mashhur rus aktrisasi Anastasiya Zavorotnyuk 53 yoshida vafot etdi. Unga 2019 yilda miya shishi tashxisi qo‘yilgan edi. Shundan buyon aktrisa onkologik kasallik bilan kurashib kelgan.
Uning o‘limi haqida yaqinlari ma’lum qilgan.
«Bugun kechqurun, uzoq va og‘ir kasallikdan so‘ng, bizning Nastya vafot etdi. Chin dildan yaxshilik tilagan, salomatlik tilagan va ishongan har biringizga rahmat aytamiz. Nastya har doim sizning qo‘llab-quvvatlashingizni his qilgan va juda qadrlagan», – deyiladi aktrisaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Anastasiya Zavorotnyuk talabalikdan so‘ng – 1993-2004 yillarda Oleg Tabakov boshchiligidagi Moskva teatr studiyasida aktrisa bo‘lgan. 10 yillik faoliyati davomida u 30 ga yaqin spektakllarda o‘ynagan.
Zavorotnyuk kino va televideniyeda 40 dan ortiq rollarni ijro etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter