Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslan Chagayev klipda suratga tushdi (video)

Ruslan Chagayev klipda suratga tushdi (video)

Ruslan Chagayev

Foto: «Tv Syentr»

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev o‘zbekistonlik xonanda Shahlo Ahmedovaning «Qani» deb nomlangan klipida rol ijro etdi.

Chagayev klipda bosh qahramonlardan birini o‘ynagan va maxsus xizmatlar vakili timsolida namoyon bo‘lgan.

Taniqli bokschi o‘tgan yilning oktyabr oyida o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. U o‘zining 20 yillik professional faoliyatida 38 bor ringga ko‘tarildi va atigi uch bor — Aleksandr Povetkin, Vladimir Klichko hamda Lukas Braundan mag‘lub bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring