Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslan Ishdavletov 50 soat tinmay fortepiano chalib jahon rekordini o‘rnatdi

Ruslan Ishdavletov 50 soat tinmay fortepiano chalib jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: «News.ru»

Sankt-Peterburglik pianinochi Ruslan Ishdavletov fortepiano chalish davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. U 25-27-sentyabr kunlari jami 50 soat tinmay fortepiano chaldi.

Foto: «Forpost Severo-Zapad»

Shu tariqa u oldin o‘zi o‘rnatgan 42 soat 24 daqiqalik rekordni yangiladi.

Ruslan fortepiano chalishni 25-sentyabr, juma kuni boshlab, 27-sentyabr, yakshanba kunining birinchi yarmida to‘xtatgan. O‘tgan 50 soat davomida joyidan qimirlamagan, tetiklikni saqlash uchun energetik ichimliklar tugul hatto suv ham ichmagan.

Ishdavletovning aytishicha, bu marafon hozircha oxirgisi, dam olishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring