Ruslar oilasi o‘lik holda topildi
Rossiyadan Belgradga ko‘chib ketgan er-xotin va ularning to‘qqiz yoshli farzandi kvartirada o‘lik holda topildi.
Serbiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Belgrad chekkasidagi Pancyevoda politsiya kvartirada erkak, ayol va ularning farzandi jasadini topgan. Qichqiriqni eshitgan qo‘shnilar voqea joyiga huquq-tartibot xodimlarini chaqirgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, erkak o‘z xotini va bolasini o‘ldirib, keyin o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.
Mahalliy jurnalistlarga ko‘ra, oila o‘tgan yili Sebriya poytaxti chekkasiga ko‘chib o‘tgan. Yaqinda esa o‘z kvartirasini sotib olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter