Rustam Saparbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari etib saylandi

Bugun 18 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesining o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev olib bordi. Sessiya kun tartibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari o‘rinbosari saylovi to‘g‘risidagi masala kiritildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasi 4-bandiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi raisining o‘rinbosari lavozimiga 18-son «Janbaskala» saylov okrugidan deputat Saparbayev Rustam Tursinbayevich nomzodi taklif etildi.
Taklif etilgan nomzodning nomzodi ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasi 4-bandiga asosan Saparbayev Rustam Tursinbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
Shu kungacha Rustam Saparbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter