Ryazanda 6 o‘zbekistonlik avtohalokatga uchradi

Bugun Rossiyaning Ryazan shahridagi fojiali avtohalokatda 7 kishi jabrlandi. Shundan 6 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda.
R22 «Kaspiy» trassasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida jarohat olganlardan ikki nafari Mixaylov tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy bo‘limi tomonidan xabar qilinishicha, ularning holati qoniqarli.
Yana ikki jabrlanuvchi ayni vaqtda shifoxonada operatsiya qilinmoqda. 3 kishi travmatolog shifokorlar nazorat qilib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter