Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saakashvilining sog‘ligi «qanoatlanarli» deb topilib, yana qamoqqa jo‘natildi

Saakashvilining sog‘ligi «qanoatlanarli» deb topilib, yana qamoqqa jo‘natildi

Foto: Irakli Gedenidze/REUTERS

Gurjistonning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisidagi «Vivamedi» klinikasidan chiqarilib, yana Rustavi shahridagi 12-sonli qamoqxonaga jo‘natildi. Penitensiar xizmatga ko‘ra, uning sog‘ligi hozir yaxshi holatda va u davolanishni davom ettirishga muhtoj emas.

Saakashvili 2021 yil sentyabr oyida maxfiy ravishda Gurjistonga qaytib kelgan va ortidan hibsga olingan edi. U qamoqda bir necha marta ochlik e’lon qilgan. 2022 yil may oyida sog‘ligi yomonlashgani sababli Tbilisidagi klinikaga o‘tkazilgan.

Hozirda siyosatchi bir necha jinoyat ishlari bo‘yicha tayinlangan jazoni o‘tamoqda. Sud qarorlariga ko‘ra, u umumiy hisobda 12 yil 6 oy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring