Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Safar Ostonov: «Bloger va internet jurnalistlarini o‘qitish kerak!»

Safar Ostonov: «Bloger va internet jurnalistlarini o‘qitish kerak!»

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona shahrida «So‘z erkinligi va ma’suliyati» mavzusida press-klub o‘tkazildi. Unda bosma va internet jurnalistikasi vakillari, oddiy aholi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan «O‘zbekiston ovozi» gazetasi bosh muharriri Safar Ostonov bloger va internet jurnalistlarini o‘qitishni tashkil etishni taklif etdi.

«Bugun mana blogerlar deyilyapti, internet saytlari haqida gapirilyapti.Biz jurnalda ishlovchi jurnalist, internet jurnalisti deya ajratmasligimiz kerak. Bitta vatan manfaati yo‘lida birlashishimiz lozim. Keyin viloyatlar OAV vakillari, internet jurnalistlari va blogerlarni o‘qitish kerak. O‘quv kurslarini tashkil qilib, ularning xatolarini ko‘rsatish lozim» -, deydi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, ushbu press-klub sessiyasi Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan uyushtirilgan press-tur doirasida o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring