Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Bizning yoshlarimiz shunaqa! Ularni munosib baholamaganlar oqibatda uyalib qoladi!»

Saida Mirziyoyeva: «Bizning yoshlarimiz shunaqa! Ularni munosib baholamaganlar oqibatda uyalib qoladi!»

Foto: «News.myseldon.com»

O‘zbekistonlik 16 yashar Nodirbek Abdusattorov gollandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri ustidan 3:1 hisobi bilan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi! Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.

Eng qizig‘i, Nodirbek xalqaro reytingda 127-o‘rinni egallagan bo‘lsa, uning raqibi, FIDE Jahon kubogi turnirining asosiy favoritlaridan biri Anish bu reytingda naq 8-o‘rinda edi.

Ushbu g‘alaba 2018-yili Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatini eslatib yubordi. O‘sha paytda sportchimiz Shamsiddin Vohidov norvegiyalik grossmeyster, jahon chempioni Magnus Karlsendan ustun kelgan.

Boshida Karlsen ro‘parasidagi 16 yoshli o‘spirin Shamsiddinni nazariga ilmagan bo‘lsa, o‘yin oxirida mag‘lub bo‘lib zaldan asabiy holda otilib chiqib ketgan edi. Bu o‘yin katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Bizning yoshlarimiz shunaqa! Ularni munosib baholamaganlar oqibatda uyalib qoladi.

Iqtidorli sportchilarimizga, umuman yigit-qizlarimizga ozgina imkon, turtki berilsa bo‘ldi. Uyog‘ini eplab ketishadi, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring