Saida Mirziyoyeva yangi harakat boshlanganini e’lon qildi
Bachadon bo‘yni saratoni kasalligi – global muammo va O‘zbekiston ham bundan chetda qolmagan. Ushbu kasallik bilan kurashishda chala-chulpa harakatlar hech qanday natija bermaydi, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
«Bugun – Bachadon bo‘yni saratoniga qarshi harakatlar kunida O‘zbekistonning ushbu kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish bo‘yicha intilishlarini yana bir bor ta’kidlashni istardim. BMT Global qo‘shma dasturi yordamida biz yurtimizdagi har bir ayolning salomatligini asrash uchun jiddiy harakat qilishimiz lozim. Tashxis qo‘yish, davolash va palliativ yordam ko‘rsatishga qodir barqaror sog‘liqni saqlash tizimini yaratishimiz kerak.
Ijtimoiy sohaga mas’ul jamoamiz bilan yangi milliy dasturni yaratish ustida ish olib bormoqdamiz. Nihoyat, yurtimizning har bir burchagidagi ayollarga tashxis qo‘yish va davolash uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Men bu dardning oldini olish, o‘z vaqtida davolash uchun barchani ushbu kasallik haqida o‘z bilimlarini oshirishga chaqiraman.
Sa’y-harakatlarimiz xalqaro hamkorlarimizning beqiyos madadidan kuch olmoqda. Birgalikda biz bu baloni yengamiz», qayd etadi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter