Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva YuNESKO bosh direktori bilan uchrashuvda qatnashdi

Saida Mirziyoyeva YuNESKO bosh direktori bilan uchrashuvda qatnashdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 30 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va YuNESKO bosh direktori Odri Azule o‘rtasidagi uchrashuvda qatnashdi.

«Kecha Samarqandda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan YuNESKO bosh direktori Odri Azule o‘rtasidagi samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirok etganimdan mamnunman.

Davlatimiz rahbari Azule xonimga fan, ta’lim, madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yurtimiz madaniy merosini asrash borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdagi ulkan hissasi uchun «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Odri Azuleni ushbu yuksak mukofot va munosib e’tirof bilan samimiy qutlayman», – deya yozadi Saida Mirziyoyeva o‘z telegram-kanalida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring