Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sakkiz kunga borib, to‘qqiz oy qolib ketgan fazogirlar Yerga qaytdi

Sakkiz kunga borib, to‘qqiz oy qolib ketgan fazogirlar Yerga qaytdi

Foto: BBC

Fazodagi to‘qqiz oylik sarguzashtdan so‘ng, NASA astronavtlari Butch Uilmor va Suni Uilyams nihoyat uyga qaytishmoqda. Ular Xalqaro kosmik stansiyada 8 kun o‘rniga 9 oy qolib ketishgandi. Hammasiga texnik nosozliklar aybdor.

SpaceX kapsulasi Uilmor va Uilyamsni Yerga qaytarmoqda, ularning sheriklari ham bor — NASA astronavti Nik Heyg hamda rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov.

Kapsula 18-mart kuni Grinvich vaqti bilan soat 05:05 da (bizning vaqt bilan 10:05 da) XKSdan uzilib, o‘sha kuni Grinvich vaqti bilan 21:57 da (bizning vaqt bilan 19-mart 03:57 da) Florida sohillari yaqiniga tushishi belgilangan. Ob-havo sharoitiga qarab «uchrashuv vaqti» o‘zgarishi mumkin.

Butun dunyo e’tiboriga tushgan ushbu voqea shu nuqtada nihoyasiga yetishi mumkin, fazogirlarga so‘nggi daqiqalardagi jiddiy sinovdan oldin omad tilab qolamiz.

To‘ldirilgan xabar!

Fazogirlarni olib qaytgan Crew Dragon kemasi Florida sohillari yaqinida muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan. NASA sayti voqea jarayonini jonli efirda namoyish etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring