Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Salohga atalgan oqshom. «Liverpul» «Roma» darvozasiga beshta gol urdi (video)

Salohga atalgan oqshom. «Liverpul» «Roma» darvozasiga beshta gol urdi (video)

Foto: «Eurosport»

Yevropa chempionlar ligasi yarim finalining birinchi uchrashuvi, hech shubhasiz, musobaqa tarixidagi eng chiroyli o‘yinlardan biriga aylandi. Bellashuv shiddati, unda kiritilgan chiroyli gollar muxlislarni bir lahzaga bo‘lsa-da, mijja qoqishga yo‘l qo‘ymadi.

Uchrashuvni maydon egalari hujumkor boshladilar — Mane bir qator qulay imkoniyatlardan unumli foydalana olmagach, hisob 35-daqiqada Muhammad Salohning supergoli bilan ochildi. Chap oyoqda darvozaning naq to‘qqizligini nishonga olgan misrlik futbolchi «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogar ekaniga ishora qilgandek bo‘ldi. Birinchi bo‘lim yakunida yana uning o‘zi himoyachilardan ilgarilab ketib, oradagi farqni oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda muxlislar yana beshta golga guvoh bo‘ldilar. 56-daqiqada Salohning uzatmasini Mane gol bilan yakunlagan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib, yana misrlik futbolchi golga hammualliflik qildi. Bu safar Firmino uning uzatmasini ko‘kka sovurmadi. Braziliyalik futbolchi garchi boshi bilan gol urishda u qadar mahoratli sanalmasa-da, bu oqshom omad u va jamoasi tomonida edi — Firmino burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, beshinchi golni kiritdi.

Barchasi shu taxlit yakun topadigandek tuyulgan bir pallada «Roma» nihoyat «uyg‘ondi». Avvaliga Jeko jamoasining birinchi golini kiritgan bo‘lsa, to‘p Milnerning qo‘liga tekkach belgilangan penaltini Perotti aniq amalga oshirdi. Rimliklar ana shu ikki gol tufayli javob o‘yini uchun intrigani biroz bo‘lsa-da, qaytarishga muvaffaq bo‘ldilar.

Shu tariqa «Liverpul» birinchi o‘yinda yirik hisob bilan g‘alaba qozondi. Javob o‘yini 2-may kuniga belgilangan.

«Liverpul» Angliya – «Roma» Italiya 5:2 (2:0, 3:2)
Gollar: 1:0 – 35 Saloh, 2:0 – 45 Saloh, 3:0 – 56 Mane, 4:0 – 61 Firmino, 5:0 – 68 Firmino, 5:1 – 81 Jeko, 5:2 – 85, penalti Perotti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring