Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand, Buxoro va Xorazmda dollar bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Samarqand, Buxoro va Xorazmda dollar bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.N. fuqaro G.Sh.ga 3 900 AQSh dollarini 49,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.X. fuqaro U.A.dan 4 000 AQSh dollarini 50,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.I. fuqaro N.I.dan 4 000 AQSh dollarini 50,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro F.K.dan 3 500 AQSh dollarini 44,3 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring