Samarqand «qizil hudud»da, karantin qoidalari saqlanib qoladi

Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mamlakatimizdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi aytilgandi.
Ayni paytda Samarqand viloyati epidemiologik jihatdan «qizil» (yuqori xavfli) hududga kirishi e’tiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi. Bu haqda viloyat komissiyasining ayni vaqtlarda o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter