Samarqand tumaniga yangi hokim tayinlandi

Nosir Mavlonov
Nosir Mavlonov Samarqand tumani hokimi etib tasdiqlangan. Bugun, 30 iyul kuni o‘tgan xalq deputatlari Samarqand tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu masala ko‘rilgan.
Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputlari Samarqand tumani kengashining deputatlari qatnashishgan.
Mavlonov shu kunga qadar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida tuman hokimi Shuhrat Jamolov, shuningdek, qolgan uch sektor boshliqlari ham ishdan olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter