Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand va Navoiyda katta miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi

Samarqand va Navoiyda katta miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro O‘.Sh. fuqaro E.X.ga 3 738 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 100 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Departamentning Samarqand tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.X. fuqaro F.A.ga 162 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, undan yana 510 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring