Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Foto: Bosh prokuratura.

Bosh prokuratura Samarqanddagi yirik o‘g‘irlik haqida ma’lumot berdi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.  

Xususan, Samarqand shahridagi “S.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. va korxonaga qarashli mebel sexi ustasi A.N.lar mebel sexini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan holda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelishi oqibatida 1,8 mlrd. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan I.A. va A.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring